tob
[edit]
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
[edit]tob
Aytilishi
[edit]Etimologiyasi
[edit]TOB I Bu tojikcha ot 'kuch', 'tokat' maʼnolarini anglatadi (TjRS, 395). Oʻzbek tilida Tobgsh qochdi, Tobim yoʻq kabi jumladar tarkibida ishlatiladi; oʻzbek soʻzlashuv tilida bu jumladar tarkibidagi b tovushi v tovushiga almashtirib aytiladi: Tovim qochdi kabi (OʻTIL, II, 193).
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (III-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
[edit]Maʼnosi
[edit]fors. – kuch-quvvat, chidam, darmon; issiqlik; yonish, yogʻdu; dard, azob;
1. Kishi organizmining holati; sogʻliq. {{misol|Tobim yaxshi. Tobi durust emas. ◆ Ota, tobingiz joyidami? — deb soʻradi yigit tashvishlanib. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“ .
2 Meʼyoriga yetish, yetilish (yetilganlik) darajasi, holati. ◆ -Yerning tobi bundan or-tiq boʻlmaydi, — dedi u sinovchan nazar bilan yonidagilarga qarab. R. Fayziy, „Choʻlga bahor keldi“ . ◆ Hosil moʻl, tobida silos qil-masak, shirasi kamayib, burdi ketadi. F. ***-rullayev, „Boʻz yigit“ . ◆ Sayislar biladi otning tobini. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli .
3. koʻchma Xohish-istak, mayl, ragʻbat. ◆ Ishga tobing bormi, jiyan? Oybek, „Tanlangan asarlar“ . ◆ Na oʻqishga, na yumushga tobi yoʻq, taʼbi nozik.. "Guldasta" .
4. Chidam, toqat. ◆ Tob bermoq. shsh Otangga berma azob, Azobga qolmagan tob. H. Olimjon .
5. Taft, dam. ◆ Qoramtir, qoʻngʻir, pushti bulut karvonlari goʻyo qizil shuʼla tobidan sharqqa shoshshshb qochar edi. P. Tursun, „Oʻqi-tuvchi“ .
6. shv. Xuddi, naq. ◆ Sen opang Jumagulning tob oʻzisan, lekin bir ozgina farqing bor, xolos. J. Sharipov, „Xorazm“ .
- Tobi aynimoq (yoki qochmoq) yoxud tobi kelishmaslik Sogʻligʻi salbiy tomonga oʻz-garmoq, sogʻligʻi yomonlashmoq. Shu kunda sad ◆ tobim aynib yuribdi. Oʻlib-netib qolsam.. S. Ahmad, „Ufq“ . ◆ Jinday tobim kelishmay qol-di.. A. Muxtor, „Boʻronlarda bordek halovat“ . ◆ Oʻriklar danak qotirganda tobim qochib qol-di. M. Mansurov, „Yombi“ . Tobi yoʻq Sogʻligʻi durust emas; kasal, betob. ◆ Bunine oldidan ketolmay qoldim, ota, tobi yoʻq. A. Muxtor, „Chinor“ .
- Tobiga yetmoq (yoki kelmoq) Foydalanish, ishlatish uchun tayyor holga yetmoq (kelmoq); yetilmoq. ◆ Kechagina paxtalari bodroqday ochi-lib yotgan dalalar shudgordan keyin qor os-tida boʻrsillab yotibdi, tobiga yetayapti. Gazetadan . ◆ Soʻfining tanlariga birdan oʻt tutashganday boʻldi. Butun vujudi qizigan tanurday [tandirday] tobiga kelgan edi. Choʻlpon, „Kecha va kunduz“ . ◆ Baliq shoʻrva keldi tobiga chogʻi, Dasturxonga choʻkdi ovchilar shu choq. M. Ikrom, „Baliqovida“ .
- Tob bermoq Turish bermoq; chidamoq. ◆ Nizomiddinov uning oʻtli qarashiga tob berolmay, asta-asta yurib, darvozadan chiq-di. S. Ahmad, „Hukm“ . Tobi yoʻq Chidamaydi. ◆ Laʼnatining xotin olishga ixlosi baland-u, katta chiqimga tobi yoʻq. P. Tursun, „Oʻqi-tuvchi“ .
- Tob bermoq Taftiga (damiga) tutmoq; toblamoq (toblanmoq). ◆ Mana, koʻz oʻngimizda quyoshning hayotbaxsh taftiga tob berib, keng pichanzor vodiy yastanib yotibdi. Gazetadan .
- Tob tashlamoq 1) aynib, qingʻir-qiy-shiq, egri-bugri boʻlib qolmoq (asosan hoʻl yogʻoch, eshik, rom va shu kabilar haqida). ◆ Eshik tob tashlabdi. Sh 1◆ Dangasa mehnat uchun bermay-di tob, Oftobda hoʻl yogʻoch tashlaydi tob. Xabibiy . ◆ Ikki zinadan koʻtarildi. Tob tashlab, taxtalarining orasi ochilib qolgan yup-qa eshikka roʻpara boʻldi. S. Nurov, Narvoy; 2) koʻchma aynib, loqayd, sust boʻlib qol-moq; puturdan ketmoq. ◆ Keldiyorov ularni gap bilan uzib oldi: -Ot-ulov bahona, oʻzlaring tob tashlab qolgansizlar. "Mushtum" . ◆ Chol hali-beri tob tashlamasdi. Kenjamiz ava-riyada nobud boʻlgandan soʻng sinib qoldilar. N. Qobil .
- Tobga olmoq Tobiga keltirish ha-rakatini qilmoq; toblamoq. ◆ Shuytib k,is-tab yoʻl tortdi, Tobga olib Gʻirotdi. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli . Shu tobda Hozirning oʻzida, shu vaqtda. ◆ Lekin shu tobda qizning bagʻrini bir narsa qattiq oʻrtadi vauoʻkirib yigʻlab yubordi. "Yoshlik"
Sinonimlari
[edit]Antonimlari
[edit]TOB. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
[edit]Ruscha ru
tob I
1 zdorovьe; ◆ tobim qochib (ili ayiib) turibdi mne nezdorovitsya; ya ploxo sebya chuvstvuyu; ◆ uning bugun tobi yoʻq on segodnya nezdorov;
2 gotovnostь, zrelostь; ◆ yerning tobi gotovnostь pochvы (dlya vspashki ili seva); ◆ tobiga kelmoq vыzrevatь, sozrevatь, nalivatьsya; doxoditь do gotovnosti; ◆ tobidan oʻtmoq 1) perezretь; ◆ tobidan oʻtgan qovun perezrelaya dыnya; 2) utratitь sostoyanie gotovnosti, prigodnosti, zasыxatь; ◆ yer tobidan oʻtib ketibdi pochva uje zasoxla; ◆ choy sovib qolibdimi? - Yoʻq, juda tobida chay ostыl? - Net, v samыy raz (t. e. ne goryachiy i ne xolodnыy);
3 jelanie, oxota; ◆ Ishga tobing bormi, jiyan? (Oybek, «Ќutluѓ ќon») Estь li u tebya, plemyannik moy, jelanie rabotatь?; ◆ jan-jallashishga kimning tobi bor! komu je oxota skandalitь!;
4 terpenie, vыderjka; ◆ Otangga berma azob, Azobga qolmagan tob («Semurѓ») Ne muchь svoego ottsa, Net sil terpetь mucheniya; ◆ tob ketirmoq (ili bermoq) terpetь, vыnositь, perenositь, vыderjivatь; krepitьsya; ◆ issiqqa tob ketira olmayman ya ne vыnoshu jarы; ◆ tob-toqat terpenie, vыderjka; ◆ ... Qultoyda tob-toqat qolmadi... («Alpomish») ... u Kultaya lopnulo terpenie; ◆
- tob tashlamoq korobitь, korobitьsya; ◆ eshik tob tashlabdi dverь pokorobilasь.
tob II
pora, moment, vremya; ◆ shu tobda seychas, v dannыy moment; ◆ Hamid shu tobda umrining yarmini berishga ham tayyor edi (A. Ќaћћor, «Sarob») Seychas Xamid bыl gotov daje otdatь polovinu svoey jizni; ◆ shu tobgacha do sego vremeni, do six por; ◆ shu tobdan boshlab nachinaya s etogo momenta; ◆ oʻsha tobda v tot moment, v tu poru; ◆ tobida vovremya.