Usmon Toshev
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Usmon Qudratovich Toshev | ||
Tavallud sanasi | 23-sentyabr 1965-yil | ||
Tavallud joyi | Buxoro, Oʻzbekiston SSR, SSSR | ||
Boʻyi | 182 cm (5 ft 11 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | himoyachi, yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub |
![]() | ||
Raqami | (bosh murabbiy) | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
![]() | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1985–1987 |
![]() | 52 | (2) |
1988 |
![]() | 12 | (0) |
1989—1991 |
![]() | 7 | (14) |
1992 |
![]() | 8 | (0) |
1992 |
![]() | 11 | (0) |
1992—1993 |
![]() | 28 | (2) |
1994—1998 |
![]() | 114 | (10) |
1998 |
![]() | 16 | (1) |
1999 |
![]() | 29 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
1994 |
![]() | 2 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2000—2008 |
![]() | ||
2006 |
![]() | ||
2008 |
![]() | ||
2008 |
![]() | ||
2009—2011 |
![]() | ||
2011 |
![]() | ||
2012 |
![]() | ||
2013 |
![]() | ||
2014—2015 |
![]() | ||
2017 |
![]() | ||
2018 |
![]() | ||
2018 |
![]() | ||
2018—2020 |
![]() | ||
2018—2021 |
![]() | ||
2021 |
![]() | ||
2021—2024 |
![]() | ||
2023 |
![]() | ||
2024— |
![]() | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Usmon Qudratovich Toshev (1965-yil 23-sentyabr, Buxoroda tugʻilgan) – sovet va oʻzbek futbolchisi, himoyachi va yarimhimoyachi. Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. Hozirda OFK va FIFA futbol instruktori.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻyinchi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoro oʻsmirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi. Buxoroning „Yosh kuch“ klubi yoshlar jamoasida oʻynagan. 1985—1987-yillarda Zarafshon klubida toʻp surgan. 1987-yilda Buxoro davlat universitetining sport taʼlimi yoʻnalishini tamomlagan. 1988-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibida oʻynagan. 1989—1991-yillarda Buxoroning „Nurafshon“ jamoasi sharafini himoya qilgan.
1992-yilda Rossiya Volgodonskning „Atommash“ jamoasida oʻynagan. Oʻsha yili, shuningdek „Nurafshon“ safida ham toʻp surgan. 1992—1993-yillarda Vengriyaning „Solnok“ klubi safida maydonga tushgan.
1994—1998-yillarda „Buxoro“ klubi futbolchisi boʻlgan. 1998-yilda Gretsiyaning „Keratsini“ klubi sharafini himoya qilgan. 1999-yili „Buxoro“ klubida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
1994-yilda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Tojikiston va Qirgʻiziston terma jamoalariga qarshi kechgan uchrashuvda ikkita oʻyinda maydonga tushgan.
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, 2000-yilda „Buxoro“ klubiga bosh murabbiy etib tayinlangan va 2008-yilgacha klubni boshqargan. 2002-yilda parallel ravishda Buxoro shahrida oʻtkazilgan „Universiada-2002“ talabalar respublika oʻyinlarida Buxoro viloyati futbol jamoasini boshqargan va musobaqada Buxoro viloyati futbol jamoasi chempionlikni qoʻlga kiritgan.
2005-yilda PRO murabbiylik litsenziyasini olgan. 2006-yilda bir muddat rossiyalik murabbiy Valeriy Nepomnyashchiy boshchiligida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida ishlagan. 2008-yilda Qarshining „Nasaf“ klubida vaqtincha bosh murabbiy vazifasida faoliyat yuritgan. 2009-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasini boshqargan.
2009—2011-yillarda Toshkentning „Spartak“ jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan. 2011-yilda Qarshining „Nasaf“ klubida menejer va sport direktori lavozimlarida ishlagan. 2012-yilning may oyidan noyabrigacha ushbu klubni boshqargan. 2013-yilda Buxoroning „Spartak“ jamoasiga murabbiy etib tayinlangan.
2014—2015-yillarda Afgʻoniston Premyer-ligasida ishtirok etuvchi Afgʻonistonning „De Mayvand Atalan“ klubiga bosh murabbiy etib saylangan. 2017-yilda oʻsha paytda Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etgan „Andijon“ klubini boshqargan va mavsum yakunida klub ushbu ligada 3-oʻrinni egallagan.
2018-yilda bir muddat Oʻzbekistonning 16 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasini boshqarib, CAFA yoshlar turnirida gʻolib chiqqan. 2018-yilning ikkinchi yarmida Afgʻonistonning „Tufan Xerirud“ klubini boshqargan va jamoa 2018-yilda Afgʻoniston Premyer-ligasida gʻolib chiqqan.
2018-yilning noyabr oyida Tojikiston olimpiya (yoshlar) terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan[1], biroz vaqt oʻtib bir vaqtning oʻzida Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangan[2].
2024-yil 21-oktyabrda Afgʻoniston futbol federatsiyasi bilan bir yillik shartnoma imzolagan va Afgʻoniston terma jamoasiga bosh murabbiy boʻlgan[3].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Futbolchi sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash] Buxoro safida:
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori (1): 1994-yil.
Murabbiy sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Buxoro viloyati jamoasi bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Universiada chempioni: 2002-yil
Oʻzbekiston (16 yoshgacha)
[tahrir | manbasini tahrirlash]- CAFA yoshlar turniri gʻolibi: 2018-yil
Tufan Herirud
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Afgʻoniston Premyer-ligasi chempioni: 2018-yil
Bosh direktor sifatida
[tahrir | manbasini tahrirlash]- AFC kubogi sohibi: 2011-yil
- Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2011-yil
- Futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2011-yil
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „УСМОН ТОШЕВ – ГЛАВНЫЙ ТРЕНЕР ОЛИМПИЙСКОЙ СБОРНОЙ ТАДЖИКИСТАНА (U-23)“ (ru). fft.tj/. Football Federation Tajikistan (15-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 5-aprel 2019-yil.
- ↑ „Toshev departs as Tajikistan football coach“. www.boxscorenews.com. Qaraldi: 20-iyun 2021-yil.
- ↑ „Usmon Toshev Afgʻoniston futbol terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi“ (2024-yil 21-oktyabr).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Usmon Toshev Footballfacts.ru saytida
- Usmon Toshev National-football-teams.com saytida
- Usmon Toshev Transfermarkt.com saytida
- 23-sentyabrda tugʻilganlar
- 1965-yilda tugʻilganlar
- Buxoroda tugʻilganlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- SSSR erkak futbolchilari
- Buxorolik sportchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Zarafshon Navoiy futbolchilari
- Paxtakor jamoasi futbolchilari
- Buxoro klubi futbolchilari
- FC Atommash futbolchilari
- Szolnoki MÁV FC futbolchilari
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari chet elda
- Shoʻrtan klubi murabbiylari
- Andijon futbol klubi murabbiylari
- Buxoro klubi murabbiylari
- Nasaf futbol klubi murabbiylari
- Tojikiston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Afgʻoniston milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Gretsiyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Vengriyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Rossiyadagi chet ellik erkak futbolchilar
- Gretsiyadagi Oʻzbekistonlik muhojir sportchilar
- Buxoro davlat universiteti bitiruvchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar